16-noyabr kuni EMU University’da Xalqaro talabalar kuni munosabati bilan 400 nafardan ortiq talabaga jami 8 milliard so‘m miqdoridagi grantlarni topshirish marosimi tashkil etildi.
Tadbir davomida grant sohiblari taqdirlanib, ularning ta’lim olish imkoniyatlarini qo‘llab-quvvatlashga qaratilgan ushbu tashabbusning ahamiyati alohida e’tirof etildi.
EMU University yoshlarning bilim olishi, salohiyatini namoyon etishi va kelajakda o‘z sohasining yetuk mutaxassisi bo‘lib yetishishiga keng imkoniyatlar yaratishda davom etmoqda! 💜














