Yosh va intiluvchan talabalarni qo'llab-quvvatlash
* Universitet ichki Nizomiga ko'ra, to'lov-shartnoma asosida tahsil olish uchun o'qishga qabul qilingan har bir talaba ma'lum semestrdagi o'zlashtirishining o'rtacha ko'rsatkichi hamda universitet hayotidagi faol ishtirokiga ko'ra, keyingi bir semestr davomida bepul ta'lim olish imkonini beruvchi ta'sischi grantini qo'lga kiritishi mumkin. Bunda o'zlashtirishning yakuniy o'rtacha ko'rsatkichiga quyidagi hollarda qo'shimcha ball beriladi:
Konferensiyalardagi ishtiroki, ma'ruza bilan qatnashishi;
Olimpiadalardagi ishtiroki va g'alabasi;
Nazariy va amaliy sohada ratsionalizatorlik takliflar kiritishi;
Innovatsion ishlab chiqarish va joriy etish;
Startaplar ishlab chiqish va joriy etish, tanlovlarda sovrinlarni qo'lga kiritishi.
** Fond talaba tomonidan uning oldiga qo'yilgan talab va vazifalarni bajarilishidan kelib chiqqan holda xarajatlarni 25%, 50%, 75% yoki 100% qoplab beradi.