Universitetimizning 106 nafar faol volontyori o‘zining fidoyiligi, faolligi va universitet hayotiga qo‘shgan hissasi uchun munosib taqdirlandi.
Taqdirlash marosimida volontyorlarga ko‘rsatgan xizmatlari va faollik darajasiga qarab turli miqdordagi pul mukofotlari topshirildi.
Volontyorlik — bu shunchaki yordam berish emas, balki tashabbuskorlik, mas’uliyat, jamoaviylik va ezgu maqsadlar yo‘lida birlashishdir!
💜 Barcha volontyorlarimizga samimiy minnatdorlik bildiramiz! Sizlarning mehnatingiz va faolligingiz EMU University hayotining ajralmas qismidir!
EMU UNIVERSITY — FAOLLIK QADRLANGAN, TASHABBUSLAR QO‘LLAB-QUVVATLANGAN MASKAN!













