Davlat bayrog‘imiz — milliy g‘ururimiz, mustaqilligimiz va xalqimiz birdamligining yorqin timsoli!
Unda Vatanimizning musaffo osmoni, tinchlik, poklik, yasharish va ezgu intilishlar mujassam. Bayrog‘imiz xalqimizning orzu-umidlari va buyuk kelajagiga bo‘lgan ishonchini ifodalaydi.
💜 EMU UNIVERSITY jamoasi barchangizni O‘zbekiston Respublikasi Davlat bayrog‘i qabul qilingan kun bilan samimiy muborakbod etadi!
Bayrog‘imiz doimo yuksaklarda hilpirab, Vatanimiz sha’ni va xalqimiz faxrini dunyoga namoyon etaversin!
Bir bayroq ostida, bir maqsad sari! 🇺🇿






