2026-yil 11–12-dekabr kunlari Samarqand davlat tibbiyot universitetida tibbiyot oliy ta’lim muassasalari talabalari o‘rtasida VII Xalqaro olimpiada bo‘lib o‘tadi.
🏆 Olimpiada yo‘nalishlari:
▪️ 45 ta fundamental va klinik tibbiyot fanlari
▪️ Ilmiy loyihalar tanlovi
▪️ Universitet jamoalarining videotaqdimoti
▪️ Eng yaxshi startap loyihalari tanlovi
Ishtirok etish tartibi:
Har bir oliy ta’lim muassasasidan 10 nafargacha talaba ishtirok etishi mumkin. Har bir ishtirokchi faqat bitta fan yo‘nalishini tanlaydi.
📅 Hujjatlarni topshirish muddati: 2026-yil 20-noyabrgacha.
🌐 Rasmiy saytlar: sammu.uz
📞 Koordinator: Payzullayeva Umida Furqatovna
☎️ +998 90 193 93 09 (Telegram, WhatsApp)
Olimpiada g‘oliblari diplomlar, ishtirokchilar esa sertifikatlar bilan taqdirlanadi.



